1872-yildan beri biz hayotni yaxshilashning yangi usullarini topib kelyapmiz. Biz hayotning barcha bosqichlarida o‘zimiz aloqada bo‘ladigan odamlarning doimiy o‘zgaruvchan ehtiyojlariga xizmat etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun mahsulotlarimiz va amaliyotlarimizni doimiy ravishda yangilab bormoqdamiz.
Mahsulotlarimiz iste’molchilarimiz uchun muhim bo‘lganidek, ma’lumotlar maxfiyligiga sodiqligimiz ham ishonchingizni qozonish uchun juda muhimdir.
Ushbu sayt ma’lumotlar maxfiyligiga bo‘lgan yondashuvimizni sodda tilda tushuntirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, siz maxfiylik qadriyatlarimizni hamda maxfiylik tanlovlari kabilarga bo‘lgan foydali havolalarni topasiz.
Biz quyidagi prinsiplarga rioya qilgan holda ishonchni qozonish va uni saqlab qolishga intilamiz:
Onlayn xizmatlarimizdan foydalanganingizda, ma’lumotlaringizni bizga ishonib taqdim etasiz. Shaxsiy ma’lumotlaringiz daxlsizligi biz uchun muhim.
Ushbu “Maxfiylik siyosati” maʼlumotlaringizni qanday yig‘ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz, ularni qanday baham ko‘rishimiz va saqlashimizni tushuntirib beradi. Shuningdek, u shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishga oid huquqlaringiz va tanlovlaringizni amalga oshirish uchun qayerga borishingiz mumkinligini tushuntirib beradi.
Agar biror savolingiz bo‘lsa, fikrlaringizni tinglashga tayyormiz. Kontakt ma’lumotlarimizni quyidan topishingiz mumkin.
Ko‘lami. Maxfiylik siyosatimizning (“Siyosat”) maqsadi bizga tegishli bo‘lgan yoki biz boshqaradigan veb-saytlar, mobil ilovalar va onlayn xizmatlar (ushbu tartib-qoidalarda birga “Sayt” deb ataladi) ma’lumotlaringizni biz taklif qilayotgan mahsulotlar va xizmatlar bilan bog‘liq holda qanday qayta ishlashini tavsiflab berishdan iborat. Ushbu tartib-qoidalarda ma’lumotlaringizni qanday to‘plashimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday baham ko‘rishimiz hamda ularni qanday qilib xavfsiz saqlashimiz tushuntirib beriladi. Shuningdek, u shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishga oid huquqlaringiz va tanlovlaringizni amalga oshirish uchun qayerga borishingiz mumkinligini tushuntirib beradi. Bizga o‘z ma’lumotlaringizni taqdim etishdan yoki saytimizdan boshqacha tarzda foydalanishdan oldin maxfiylik amaliyotlarimizga rozi ekaningizga ishonch hosil qilish uchun ushbu siyosat va foydalanish shartlarimiz bilan tanishib chiqishingiz kerak.
Brendlar. Saytimiz KIMBERLY-CLARK KORPORATSIYASI va sho‘ba kompaniyalarimiz va brendlarimizga (“Kimberly-Clark”, “biz”, “bizning” yoki “bizga”) tegishli, uni o‘sha brendlar boshqaradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish. Ushbu tarib-qoidalar Ma’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish boʻlimida qo‘shimcha shtat yoki mamlakatga xos ma’lumotlarni (masalan, yurisdiksiyangizda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan shaxsiy ma’lumotlaringizga oid maxsus huquqlar) oʻz ichiga oladi. Agar ushbu tartib-qoidalar bilan “SMa’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish” bo‘limi oʻrtasida ziddiyat mavjud boʻlsa, ikkinchisi faqat ziddiyat qismida kuchga ega bo‘ladi. Rossiya uchun ushbu tartib-qoidalar amal qilmaydi va Rossiya bo‘yicha siyosat mana bu yerda joylashgan.
Boshqa tartib-qoidalar. Ushbu tartib-qoidalarga qo‘shimcha ravishda, qo‘shimcha tartib-qoidalar yoki foydalanish shartlari bilan tartibga solinadigan boshqa maxsus Kimberly-Clark mahsulotlari, xizmatlari yoki reklama aktsiyalari ham bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda biz sizni shunday qo‘shimcha shartlar haqida xabardor qilamiz.
Ushbu Siyosatga bo‘lgan yangilanishlar. Biz tartib-qoidalarni vaqti-vaqti bilan yangi bildirishnoma yuborish orqali yangilashimiz mumkin, shuning uchun yuqoridagi so‘nggi yangilanish sanasiga e’tibor bering va vaqti-vaqti bilan yangilanishlarni tekshirib turing.
Shaxsiy ma’lumotlar. Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ma’lum bir shaxsni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni anglatadi. Biz shaxsiy ma’lumotlarni turli manbalardan to‘plashimiz mumkin. Ushbu manbalar quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Biz oladigan shaxsiy ma’lumotlar turlariga quyidagilar kiradi:
Sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlar. Ushbu tartib-qoidalarda sanab o‘tilgan qayta ishlash maqsadlari uchun biz (yoki hamkorlarimiz) sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin. Bu irqiy va milliy mansubligingiz, tug‘ilgan kuningiz yoki saytimiz yoki mahsulotlarimizdan foydalanishingiz bilan bog‘liq homiladorlik, allergiya (masalan, allergiya qo‘zg‘atuvchi narsalarni aniqlashga oid testlar), hayz ko‘rish (masalan, hayz ko‘rish davrini hisoblash kalkulyatorlari) yoki siydikni tuta olmaslik singari ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, biz afzalliklaringiz, xatti-harakatlaringiz, xususiyatlaringiz, sog‘lig‘ingiz yoki saytimiz yoki mahsulotlarimizdan foydalanishingiz bilan bog‘liq atributlaringiz haqida xulosa chiqarishimiz mumkin. “Sir tutiluvchi” deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda, biz (yoki hamkorlarimiz) bunday sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni so‘raymiz va qonun talab qilgan hollarda boshqa boshqaruv vositalarini (masalan, ma’lum ishlov berishdan voz kechish) taqdim etishimiz mumkin. Shuni yodda tutingki, saytning ayrim qismlari bizdan xizmatlarimizni to‘liq taqdim etishimiz uchun ushbu ma’lumotlarni talab qilishi mumkin, shuning uchun bunday ma’lumotlarni taqdim qilmaslik tanlovingiz mavjud takliflar doirasini cheklashi mumkin. Biz mijozlarimizning huquqlarini va sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarga oid yuqori darajadagi maxfiylik manfaatlarini hurmat qilamiz. Shunday ekan, biz bunday ma’lumotlar so‘roviga javob berishdan oldin huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻz yurisdiksiyalaridagi qonunlar va tartiblarga rioya qilishini tekshirish majburiyatini olamiz. Hatto so‘rov yuborgan idoralar yurisdiktsiyasining qonunlariga muvofiq bo‘lsa ham, biz bunday so‘rovlarga oqilona e’tiroz bildirishimiz mumkin.
Qayta ishlash maqsadlari. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat aniq va cheklangan maqsadlar uchun to‘playmiz, qayta ishlaymiz va oshkor qilamiz. Masalan, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni barcha Kimberly-Clark brendlarida quyidagilar uchun qayta ishlashimiz mumkin:
Huquqiy asoslar. Bundan tashqari, ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ayrim qonunlar siz haqingizdagi har qanday shaxsiy ma’lumotni qayta ishlashdan oldin bizdan “huquqiy asos” va aniq maqsadga ega bo‘lishni talab qiladi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin bo‘lgan huquqiy asoslarimiz quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Biz siz haqingizdagi ma’lumotlarni oʻz brendlarimiz ostida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar bilan, shuningdek, ba’zi, jumladan, quyidagi hollarda uchinchi shaxslar bilan baham koʻrishimiz mumkin:
Individual huquqlar. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaganimizda, siz amaldagi ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunlarda ko‘zda tutilgan muayyan huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan ayrimlari quyida tushintirib beriladi. Siz ushbu tartib-qoidalarning Biz bilan bog‘lanish bo‘limi orqali har qanday savollar bilan Kimberly-Clark kompaniyasiga bog‘lanishingiz yoki huquqlaringizdan foydalanishingiz mumkin. Yana ushbu tartib-qoidalarning Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari bo‘limini ko‘rib chiqing, chunki yurisdiksiyangizdagi tegishli maxfiylik to‘g‘risidagi qonunlarga bog‘liq ravishda shaxsiy ma’lumotlaringizga oid quyidagi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
So‘rovlarni tekshirish. Maxfiyligingizni himoya qilish va xavfsizlikni saqlashga yordam berish uchun biz amaldagi qonunlarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqini berish yoki so‘rovingizni bajarish kabi muayyan huquq so‘rovlarini ko‘rib chiqishdan oldin shaxsingizni tekshirish choralarini ko‘ramiz. Agar siz vakolatli agentni o‘z nomingizdan so‘rov yuborish uchun tayinlasangiz, biz sizdan (a) vakolatli agentga buning uchun yozma ruxsat berishingizni va huquq so‘rovini ko‘rib chiqishda biz bilan bunday ruxsatni baham ko‘rishingizni yoki (b) shaxsingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizda tasdiqlashingizni talab qilishimiz mumkin.
Ma’lumotlarni saqab turish. Biz ma’lumotlaringizni biznes, soliq yoki qonuniy maqsadlarda, jumladan, ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan huquqiy asoslar uchun kerak bo‘ladigan muddat davomida saqlaymiz. Shundan so‘ng biz ularni yo‘q qilamiz yoki to‘liq anonimlashtiramiz. Yana ushbu tartib-qoidalarning “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limini ko‘rib chiqing.
Ma’lumotlar xavfsizligi. Biz siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni tasodifiy, noqonuniy yoki ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki foydalanishdan himoya qilishga mo‘ljallangan ma’muriy, texnik va fizik himoya choralarini qo‘llaymiz.
Saytimiz umumiy auditoriya uchun mo‘ljallangan va bolalar uchun ko‘zlanmagan yoki mo‘ljallanmagan. Umuman olganda, biz odatda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini bila turib to‘plamaymiz yoki qayta ishlamaymiz, mahalliy qonunchilikda kichikroq yosh ko‘rsatilgan yoki ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
16 yoshga to‘lmagan (yoki mahalliy qonunchilikda ko‘zda tutilgan yoshga to‘lmagan) bolalardan bila turib shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash yoki qayta ishlashda biz barcha amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga amal qilamiz. Masalan, AQSh’da biz 13 yoshdan kichik bolalardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashda qonun talabiga binoan ota-onasining tasdiqlangan roziligini olamiz.
Agar tartib-qoidalarimiz haqida savollaringiz bo‘lsa yoki maxfiylik huquqi yoki tanlovidan foydalanishni istasangiz, siz bilan gaplashsish tayyormiz. Biz 175 dan ortiq mamlakat va mintaqada mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni sotamiz. Sizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatishi uchun mana bu yerda mahalliy jamoalarimizga yordam so‘rab murojaat qiling. Ushbu sahifadan mamlakatingiz/mintaqangizni tanlang va “taqdim etish” tugmasini bosing.
Shuningdek, Global maxfiylik boʻyicha xodimimizga quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
[email protected]
1-888-525-8373
Kimberly-Clark Corporation
P.O. Box 2020
Neenah, WI 54957-2020
Biz bilan bog‘lanish uchun vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.
Ushbu Kaliforniya shtatining “Iste’molchilar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligi haqida”gi bayonoti (“Bayonot”) Kimberly-Clark
korporatsiyasining Maxfiylik
siyosatini to‘ldiradi. U faqat Kaliforniya shtati iste’molchilariga taalluqlidir hamda biz
onlayn va oflayn rejimda to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanadi. Ushbu bnayonotda taavsiflangan ayrim huquqlar va tanlovlar 2023-yil 1-yanvargacha
kuchga kirmasligi mumkin. Ushbu bayonot Kimberly-Clark kompaniyasi xodimlariga taalluqli emas. Ushbu
bayonotning 2-5 bo‘limlari ishga da’vogarlarga taalluqli emas.
Ushbu bayonotda ayrim atamalar ishlatiladi, ulardan 2018-yilda qabul qilingan
“Kaliforniya shtatidagi iste’molchilar shaxsiy hayotini himoya qilish to‘g‘risi”dagi qonun bilan ma’no yuklatilgan va 2020-yilda qabul qilingan va o‘zgartirishlar kiritilgan “Kaliforniya shtatida shaxsiy hayot huquqlari to‘g‘risi”dagi qonunda, shuninigdek, har qanday implementatsiya etuvchi
me’yoriy hujjatlarda (“CCPA”) foydalaniladi.
Biz siz haqingizda quyidagi shaxsiy (jumladan, sir tutiluvchi) maʼlumotlar toifalarini toʻplashimiz mumkin (va ular ushbu Bayonot kuchga kirgan sanadan oldingi 12 oy davomida toʻplangan boʻlishi mumkin):
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan Maxfiylik siyosatimizda tavsiflangan maqsadlarda va CCPA’da ko‘rsatilgan quyidagi biznes yoki tijorat maqsadlarida foydalanishimiz mumkin (va ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik muddat ichida foydalangan bo‘lishimiz mumkin):
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olgan bo‘lishimiz mumkin:
Roziligingizsiz biz shaxsiy ma’lumotlaringizni pul evaziga sotmaymiz.
Biz ba’zi uchinchi shaxslarga (masalan, onlayn reklama xizmatlari) pul bo‘lmagan to‘lov evaziga
saytimizdagi avtomatlashtirilgan texnologiyalar orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashiga
ruxsat berishimiz mumkin. Biz quyida sanab o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlar toifalarini onlayn reklamaning biznes va
tijoriy maqsadlar hamda saytimizda uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlari xususiyatlari va
funksiyalarini ta’minlash uchun baham ko‘ramiz. Ushbu uchinchi shaxslar Google, Coveo, Twitter, Facebook,
EqualWeb va Neustar’ni o‘z ichiga olishi mumkin. Saytlarimizda ma’lumot to’playdigan
uchinchi shaxslarning yangilangan ro‘yxatini ko‘rish uchun cookie-fayllarni sozlash vositasidan foydalanishingiz mumkin. Ushbu uchinchi shaxslar shaxsiy
ma‘lumotlaringizdan mulkimizni optimallashtirish, o‘zaro kesishuvchi kontekstli reklamalarni ko‘rsatish va o‘z
platformalarini boshqarish uchun foydalanishi mumkin. Uchinchi shaxslar’ning ma’lumotlar to‘plashi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun yuqoridagi Cookie-fayllar va shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyasi
bo‘limiga qarang. Quyida ushbu
bayonotning 5-bo‘limida (Kaliforniya shtati
iste’molchilari huquqlari) ko‘rsatilganidek, Kaliforniya shtati qonunchiligiga muvofiq, “sotish”
yoki “baham ko‘rish” deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlaringizni oshkor qilishdan voz kechish huquqiga egasiz.
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi toifalarini sotgan yoki
baham ko‘rgan bo‘lishimiz mumkin:
Shaxsiy ma’lumotlar toifasi |
Uchinchi tomon toifasi |
Identifikatorlar |
|
Tijoriy ma’lumotlar |
|
Onlayn harakatlar |
|
Xulosalar |
|
Qo‘limizda jismoniy shaxs’ning yoshi to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda biz 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini atay tasdiqlovchi ruxsatsiz sotmaymiz yoki baham ko‘rmaymiz. Hisob uchun ro‘yxatdan o‘tgan 16 yoshga to‘lmagan har qanday jismoniy shaxs o‘z shaxsiy ma’lumotlarini sotish yoki baham ko‘rishdan avtomatik ravishda voz kechadi. Agar jismoniy shaxs o‘z shaxsiy maʼlumotlarini sotish yoki baham koʻrish va rozi boʻlishni istasa, u buni oʻzining onlayn profilidagi “Mening shaxsiy maʼlumotlarimni sotma yoki baham koʻrma” qismidan tasdiq belgisini olib tashlash orqali amalga oshirishi kerak.
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz shaxsiy ma‘lumotlaringizni quyida tavsiflanganidek, ayrim toifadagi uchinchi shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin.
Biz ushbu bayonotning 1-bo‘limida (Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish to‘g‘risida eslatma) ko‘rsatilgan tijorat va biznes maqsadlarida quyida sanab o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi toifalarini uchinchi shaxslarning mana bu toifalariga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin:
Shaxsiy ma’lumotlar toifasi |
Uchinchi tomon toifasi |
Identifikatorlar |
|
Kaliforniya shtati Fuqarolik Kodeks § 1798.80-qonun |
|
Himoyalangan tasniflar |
|
Tijoriy ma’lumotlar |
|
Onlayn harakatlar |
|
Geolokatsiya ma’lumotlari |
|
Sir tutiluvchi ma’lumot |
|
Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumot |
|
Ta’lim haqidagi ma’lumot |
|
Xulosalar |
|
Yuqorida ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar toifalariga qo‘shimcha ravishda, ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi uchinchi shaxslar toifalariga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin:
Maxfiylik huquqlari. Sizda, quyida tavsiflanganidek, shaxsiy maʼlumotlaringizga oid ma’lum tanlovlar bor. Agar siz ushbu tanlov va huquqlarning birortasidan foydalansangiz, biz sizni nolqulay ahvolga solib qo‘ymaymiz. Sizga tovarlar yoki xizmatlar uchun rad javobi berilmaydi yoki ular uchun turli narxlar, yoki tariflar undirilmaydi, yoki tovarlar yoki xizmatlarning boshqa darajasi yoki sifati taqdim etilmaydi.
Talab qanday taqdim etilishi haqida ma’lumot. Sir tutiluvchi shaxsiy maʼlumotlarni bilish, oʻchirish yoki tuzatish yoki ulardan foydalanishni cheklash boʻyicha soʻrov yuborish uchun mana bu yerni bosing yoki 888-525-8378 raqamini terib bizga qoʻngʻiroq qiling. “Oydinlik kiritish” talabini taqdim etish uchun yozma talabni quyidagi manzilga yuboring: Kimberly-Clark Corporation, P.O. Box 2020, Neenah, WI 54957-2020. Shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish yoki baham ko‘rishni rad etish uchun pastdagi tugmani bosing yoki bizning [email protected] elektron pochta manzilimizga xat yuboring.
Huggies® brendi |
|
Pull-Ups® brendi |
|
GoodNites® brendi |
|
Poise® brendi |
|
Depend® brendi |
|
U by Kotex® brendi |
|
Kleenex® brendi |
|
Scott® brendi |
|
Viva® brendi |
https://www.vivatowels.com/en-us/ssols/donotsellmypersonalinfo |
Cottonelle® brendi |
|
Huggies® Healthcare brendi |
|
Kimberly-Clark Corporation |
|
K-C kompaniyasidan ish topish |
Vakolatli agentlar. Nomingizdan so‘rovlarni yuborish uchun vakolatli agent tayinlashingiz mumkin. Iste’molchi nomidan vakolatli agent sifatida so‘rov yuborish uchun “Maxfiylik siyosati”mizning “Biz bilan qanday bog‘lanishmumkinligi haqida ma’lumot” bo‘limida tavsiflanganidek, biz bilan bog‘laning.
So‘rovlarni tekshirish. Maxfiyligingizni himoya qilish va xavfsizlikni taʼminlash uchun biz sizga shaxsiy maʼlumotlaringizga kirishga ruxsat berishdan yoki soʻrovingizni bajarishdan oldin shaxsingizni tasdiqlash choralarini koʻramiz. Agar bizda hisob qaydnomangiz bo‘lsa, hisobingizga kirishni talab qilish orqali shaxsingizni tekshirishimiz mumkin. Agar bizda hisob qaydnomangiz bo‘lmasa va shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki o‘chirishni so‘rasangiz, biz sizdan quyidagi ma’lumotlardan birini taqdim etishingizni talab qilishimiz mumkin: ismingiz, familiyangiz, tug‘ilgan oy & yilingiz, elektron pochta manzilingiz, pochta manzilingiz. Bundan tashqari, agar hisob qaydnomangiz bo‘lmasa va bizdan shaxsiy ma’lumotlarning aniq qismlarini taqdim etishimizni so‘rasangiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘rov predmeti bo‘lgan iste’molchi ekaningiz haqida yolg‘on guvohlik beriganlik uchun jazo beriladigan deklaratsiyani imzolashingizni talab qilamiz. Agar siz vakolatli agentni o‘z nomingizdan kirish, o‘chirish yoki sotishdan voz kechish so‘rovini yuborish uchun tayinlasangiz, (a) sizdan buning uchun vakolatli agentga yozma ruxsat berishingizni talab qilishimiz mumkin va (b) kirish va o‘chirish so‘rovlari uchun, sizdan o‘z shaxsingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga tasdiqlashingizni talab qilishimiz mumkin (yuqorida aytib o‘tilganidek).
Oldingi kalendar yili uchun CCPA ko‘rsatkichlari. Ushbu bayonotda qayd etilganidek, CCPA Kaliforniya shtati aholisiga shaxsiy ma’lumotlarni bilish, o‘chirish, ularga tuzatish kiritish, ularni sotish/baham ko‘rishni rad qilish va maxfiy shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash kabi muayyan huquqlarni beradi. CCPA’ga muvofiq, ushbu so‘rovlarni ko‘rib chiquvchi ayrim korxonalar ushbu huquqlar haqida ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Kaliforniya shtati aholisi uchun 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrga oid maʼlumotlar quyida keltirilgan.
Kirish huquqi yoki bilish huquqi so‘rovlari | 2022-yil yan.-dek. | |
Olingan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
8 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
3 | |
Rad qilingan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
5 | |
Eslatma: K-C bilish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 6 hafta bo‘ldi. |
||
O‘chirish huquqi so‘rovlari | 2022-yil yan.-dek. | |
Olingan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
24 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
15 | |
Rad qilingan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
9 | |
Eslatma: K-C o‘chirish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 3 hafta bo‘ldi. |
||
Sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlari | 2022-yil yan.-dek. | |
Olingan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
17523 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
17523 | |
Rad qilingan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Eslatma: K-C rad qilish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 10 ish kuni bo‘ldi. |
||
Sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlari | 2022-yil yan.-dek. | |
Olingan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
1963 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
1963 | |
Rad qilingan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Eslatma: K-C rad qilish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 10 ish kuni bo‘ldi. |
Moliyaviy rag‘batlantirishlar. Onlayn hisob yaratish yoki biz yoki hamkorlarimiz boshqaradigan sodiqlik dasturlari yoki kuponga asoslangan tashabbuslar kabi moliyaviy rag‘batlantirish dasturida ishtirok etish sizga bizdan maxsus takliflar va imtiyozlarni olish huquqini berishi mumkin. Bunday dasturlarni boshqarish uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sotishimiz, to‘plashimiz, oshkor qilishimiz yoki saqlashimiz kerak bo‘lishi mumkin. Huggies® Rewards+ kabi sodiqlik dasturlarimiz uchun a’zolar ro‘yxatdan oʻtish, mahsulotlarimizni xarid qilish va soʻrovlar oʻtkazish, Facebook va Twitter’da postlar almashish va doʻstlarini sodiqlik va chegirma dasturlarimiz bilan bogʻlash kabi ma’lum tadbirlarda ishtirok etish uchun kuponlar yoki mukofot ballarini olishi mumkin. Ushbu ballardan totalizator va o‘yinlarda qatnashish, xayriya ishlariga pul o ‘tkazish va mukofotlarni olish uchun foydalanish mumkin. Biz maʼlumotlaringiz qiymatini investitsiya daromadi yoki moliyaviy imtiyozlarni boshqarish va shaxsiy maʼlumotlaringizni sotish, toʻplash yoki saqlash natijasida hosil qilingan qoʻshimcha marja asosida hisoblaymiz. Istalgan vaqtda www.privacy.kimclark.com manziliga so‘rov kiritish, 1-888-525-8373 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki [email protected] elektron pochta manziliga elektron xat yuborish orqali onlayn hisobingiz amal qilishini tugatishingiz mumkin (bu sizni moliyaviy rag‘batlantirish dasturida qatnashishni rad etishingizga sabab bo‘ladi).
Qo‘shimcha ma’lumotlar. Agar siz CCPA bo‘yicha huquqlaringizdan birortasini amalga oshirishni tanlasangiz, bizdan kamsituvchi munosabatda bo‘lmaslik huquqiga egasiz.
Ma’lumotlarni saqab turish. Biz biznes ehtiyojlariga, maxfiylik manfaatlariga va qonunga qarab yozuvlar va shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatilgan muddatlar davomida saqlaymiz. Umumiy masala sifatida, biz shaxsiy maʼlumotlarni faqat biznes, yuridik yoki soliq maqsadlariga erishish uchun zarur yoki foydali boʻlgan vaqt davomida saqlaymiz. Ushbu muddatdan so‘ng ma’lumotlar o‘chiriladi yoki to‘liq anonimlashtiriladi:
Nevada shtati rezidenti sifatida siz ba’zi kompaniyalardan “Nevada shtatining maxfiylik to‘g‘risida”gi SB260-qonuni bo‘yicha pul evaziga shaxsiy ma’lumotlaringizni sotmasliklarini so‘rash huquqiga egasiz. Ushbu tartib-qoidaga muvofiq, biz roziligingizsiz bunday savdo bilan shug‘ullanmaymiz.
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi 2023-yil 1-yanvardan keyin faqat Virjiniya shtati rezidentlari uchun amal qiladi. Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi Virjiniya shtati aholisiga “Virjiniya shtati iste’molchilari ma’lumotlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunida (“VCDPA”) ko‘zda tutilgan huquqlar va Virjiniya shtati aholisi bu huquqlardan qanday foydalanishi haqida maslahat beradi. Bizga [email protected] elektron pochta manziliga xat yuborish, 1-888-525-8373 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki mana bu yerdagi portalimiz orqali ushbu bo‘limdagi istalgan huquqdan foydalanishingiz mumkin. Agar biz ushbu bo‘limda tavsiflangan huquqlardan biridan foydalanisgingiz bo‘yicha chora ko‘rishdan bosh tortsak, [email protected] elektron pochta manzili orqali buni rad etishimiz bo‘yicha shikoyat qilishingiz mumkin.
Agar siz Avstraliyada yashasangiz, tartib-qoidalarimizning mana bu qismi sizga qo‘llanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing. Biz shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing maqsadlarida foydalanmaymiz yoki oshkor etmaymiz, toki: (a) siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing materiallarini olishga rozilik bermagan bo‘lsangiz ; (b) shaxsiy ma’lumotlaringizdan shu maqsadda foydalanishimizga oqilona tarzda ishonmagan bo‘lsangiz yoki (c) biz sizni materialga qiziqtirishi mumkin deb hisoblasak, lekin roziligingizni olishning imkoni bo‘lmasa.
Har qanday holatda, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingga oid materialimiz sizga boshqa bunday xabarlarni olmaslikni tanlash imkoniyatini o‘z ichiga olishini ta’minlaymiz
Shuni yodda tutingki, siz bundan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingga oid xabarlarini olmaslikni so‘ragan bo‘lsangiz ham, biz sizga tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berish talab va shartlariga kiritilgan o‘zgarishlar, so‘rovnomalar va boshqa faktik ma’lumotlarni taqdim etishda davom etishimiz mumkin. Ushbu muloqot formasiga Avstraliyaning “Maxfiylik to‘g‘risida‘gi qonuniga muvofiq, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing” sifatida qaralmaydi.
Chet elda oshkor qilish. Shaxsiy ma’lumotlar Avstraliyaning “Maxfiylik to‘g‘risida”gi qonunida ruxsat etilganidek, Avstraliyadan tashqariga tegishli korporativ tashkilotlarimizga yuborilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni chet elda qabul qiluvchilar shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bog‘liq maxfiylikka oid majburiyatlarimizni buzmasligini ta’minlash uchun oqilona choralar ko‘ramiz. Biroq shuni yodda tutishingiz kerakki, boshqa yurisdiksiyalar shaxsiy ma’lumotlaringiz uchun Avstraliyadagi kabi qonuniy himoya darajasini taklif qilmasligi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu yuridik shaxslarga oshkor qilishimizga rozilik bildirasiz.
Kirish va tuzatish kiritish. Siz bizdan o‘zingiz haqingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarga kirishni so‘rashingiz yoki agar siz haqingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni noto‘g‘ri, eskirgan, to‘liq bo‘lmagan, ahamiyatsiz yoki chalg‘ituvchi, deb hisoblasangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni tuzatishni talab qilishingiz mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rash uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Australia Pty. Ltd.
P. O. Box 343
Milsons Point,
NSW
1565
Avstraliya
Telefon: 1800 028 334
Faks: 61-2-9957-5687
Veb-sayt: www.kimberly-clark.com.au/
Biz oqilona so‘rovlarga imkon qadar tezroq va har qanday holatda ham qonunda belgilangan muddatlarda javob beramiz.
Shikoyatlar. Maxfiylik bilan bog‘liq har qanday muammoni qanday hal qilganimiz, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki tuzatish haqidagi so‘rovlaringiz haqida shikoyatingiz bo‘lsa, tartib-qoidalarimizning ushbu qismida yuqoridagi aloqa ma’lumotlari orqali bizga xabar berishingiz kerak. Maxfiylik masalasini hal qilish usulimiz sizni qoniqtirmasa, mustaqil maslahatchiga murojaat qilishingizni yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil harakat yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olish uchun Avstraliya Axborot komissari idorasiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Agar siz Argentinada istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma‘lumotlaringizga kirish va ularni tuzatish hamda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirish huquqiga egasiz.
Biror xavotir mavjud bo‘lgan hollarda, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Argentina, S. A.
Olga Cossettini 1031 (CP 1103) Buenos Aires,
Argentina
Telefon: 54-11-4321-5700 / 0800-333-1206
Faks: 54-11-4394-1160
E-pochta: [email protected]
Shuningdek, siz Ommaviy axborotdan foydalanish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ham egasiz.
Agar siz Bahraynda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularga tuzatish kiritishni talab qilishingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularga tuzatish kiritish uchun biz bilan bog‘laning:
Olayan Kimberly-Clark (Bahrain)
W.L.L.
P. O. Box 33124
Isa Town
Kingdom of Bahrain
Telefon: +973 17834494
800 1242330 (bepul)
Faks: 973-17-830-449
Agar siz Braziliyada istiqomat qilsangiz, tartib-qoidalarimizning shu qismi sizga nizbatan qo‘llanadi.
Kimberly-Clark Kenko Industria e Comercio Ltda
Eng. Luís Carlos Berrini, 105 - 8ºandar Vila das Monções - CEP: 04571 900
São Paulo/SP Brasil
Telefon: 55 11 4503 4500 / 0800 709 55 99
Faks: 55 11 4503 4500
Jismoniy shaxs
huquqlari portali
Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
Ushbu boʻlimni Kimberly-Clark (China) Co. Ltd. va uning materik Xitoydagi filiallari (Gonkong, Makao va Tayvan bundan mustasno) turli onlayn va oflayn kanallar orqali toʻplangan shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaydi. [Maxfiylik siyosati]dagi ushbu bo‘lim tafsilotlarini o‘qib chiqing
Agar siz Kolumbiyada istiqomat qilsangiz, ma’lumotlarga nisbatan maxfiylik huquqlaringiz quyida keltirilgan:
Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Colombiana Kimberly Colpapel S.A.
Carrera 19 # 100-45 Piso 7 Edificio We Work Bogota
Kolumbiya
E-pochta: [email protected]
Telefon: 571-600-3300
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish raqami: 018000512020 o 4049046 en Bogota
Faks: 571-600-3392
Agar siz Kosta-Rikada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Costa Rica, S.A.
Plaza Tempo
Lobby A
Autopista Prospero Frenandez 10203 San Jose
E-pochta: [email protected]
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi telefon raqami: 800-800-2473; Faks: 506-239-0805
Agar siz Dominika Respublikasida istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Puerto Rico & Caribbean Operations
P. O. Box 191859
San-Xuan
00919-1859
Puerto-Riko
Telefon: 787-785-3625
Faks: 787-740-2025
Agar siz Ekvadorda istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog‘liq huquqlarga, jumladan, ularga kirish, ularni o‘chirish, tuzatish va yangilash, qayta ishlashga qarshi chiqish, qayta ishlashni bekor qilish, cheklash va oldindan berilgan rozilikni bekor qilish kabi huquqlarga egasiz. Shuningdek, siz shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘chirsa bo‘ladigan formatda so‘rash huquqiga ham egasiz. Huquqlaringizni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Ecuador S.A.
Mapasingue Este
Calle 5ta y Av Las Aguas
Guayaquil, GUAYAS
E-pochta: [email protected]
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi telefon raqami: 1800200500
Mobil telefon raqami: +593994987924
Faks: 593-22-820508
Agar qoniqmasangiz, Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bo‘limga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz EEA (xususan, Yevropa Ittifoqining istalgan mamlakati, Lixtenshteyn, Norvegiya yoki Islandiya) rezidenti, Buyuk Britaniya (“BB”) yoki Shvetsariya rezidenti bo‘lsangiz, ushbu bo‘lim sizga tegishli bo‘lib, unda shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash muddatlari, xalqaro ma’lumot uzatish, avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish va shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qanday huquqlardan foydalanishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Saqlab turish muddati. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu tartib-qoidalarda ko‘rsatilgan shaxsiy ma‘lumotlarni
to‘plashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlaymiz. Shaxsiy
ma‘lumotlaringizni qayta ishlashda quyidagi saqlab turish muddatlari qo‘llanadi:
Ma’lumotlarni xalqaro uzatishlar. Agar shaxsiy ma’lumotlar mamlakatlar o‘rtasida uzatilsa, biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun Yevropa Komissiyasi tasdiqlagan Standart shartnoma bandlarini kiritish kabi tijorat nuqtai nazaridan oqilona harakatlarni amalga oshiramiz.
Avtomatlashgan qarorlar qabul qilish. Biz roziligingizsiz ushbu tartib-qoidalarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hech qanday avtomatlashtirilgan qarorni qabul qilmaymiz.
Shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan huquqlar. Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ma’lum qonunlar
jismoniy shaxslarga ular haqida tashkilotlar ega bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan huquqlar beradi. Xususan,
siz quyidagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin:
Agar siz o‘z huquqlaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, quyida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning. Shuni yodda tutungki, ma’lumotlarni himoya qilish huquqlaridan foydalanish talablarini har bir holatda Kimberly-Clark baholaydi. Ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlar tufayli soʻrovingizni bajarishimiz qonuniy talab qilinmaydigan holatlar boʻlishi mumkin. Yuqorida tavsiflangan huquqlaringizdan foydalanish uchun biz sizdan haq olmaymiz.
Savollaringiz boʻlsa, [email protected] manzili orqali Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha yetakchi xodimiga murojaat qiling. Agar siz hali ham norozi bo‘lsangiz, Ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda biz bilan muhokama qilinishi kerak. EEA’dagi ma’lumotlarni himoya qilish organlari uchun aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud; Buyuk Britaniyadagi ma’lumotlarni himoya qilish organining aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud; va Shvetsariyaning ma’lumotlarni himoya qilish organi uchun aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud.
Agar siz Gonkongda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanishga kirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark (Hong Kong) Limited
12F, Building A, SOHO Fuxing Plaza,
No.299 Danshui Road, Huangpu
District, Shanghai 200025, PRC
Telefon: 852-2334-3361
Faks: 852-2882-6560
Biz oqilona so‘rovlarga imkon qadar tezroq va har qanday holatda ham qonunda belgilangan muddatlarda javob beramiz. Tegishli hollarda bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin. Biroq shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilmaslikka qaror qilsangiz, xizmatlardan foydalana olmasligingiz mumkin.
Agar siz bizda sizga oid mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, tuzatish, yangilash, uzatish yoki o‘chirishni xohlasangiz yoki maxfiyligingiz bilan bog‘liq biror savolingiz bo‘lsa, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Maxfiylik bo‘yicha xodim
Kimberly-Clark India Pvt. Ltd
Manzil: Phoenix Market City, Art Guild House, A Wing, 3rd Floor, Office No- 9, Kamani, Mumbai
Maharashtra, 400070
Telefon: (022) 33220000
E-pochta: [email protected]
Sizga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun sizdan kichik to‘lov olishimiz mumkin.
Siz yana mahsulot va xizmatlarimiz haqida biz sizga yuboradigan marketing xabarlarini olishni rad qilishingiz mumkin. Biroq shuni yodda tutingki, siz shu ishni qilganingizda, bu Kimberly-Clark kompaniyasidan olishni tanlagan, xabarlarni olish xizmatlarni olishning sharti bo‘lgan xizmatlaringizga ta’sir qilishi mumkin.
Agar siz Indoneziya, Malayziya, Filippin yoki Singapurda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Agar shunday qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Indoneziya
P.T. Kimberly-Lever Indonesia
Wisma 77 Tower 2, 16th Floor Suite,
1602 Jl. Letnan Jend.S. Parman Kav.
77 Jakarta
11410
Indoneziya
Telefon: 62-21-30400800
Faks: 62-21-29675850
Malayziya
Kimberly-Clark Trading (M) Sdn. Bhd.
2nd Floor, Tower 2, Wisma AmFirst
Jalan SS7/15, Kelana Jaya, 47301
Petaling Jaya, Selangor, Malaysia
Telefon: +603 7806 8288
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish ishonch telefoni: 1800821188
Faks: +603 7492 2577
Kontakt e-pochtasi: [email protected]
(Huggies)
[email protected]
(Kotex, Poise & Kleenex)
Veb-sayt: www.huggies.com.my
Veb-sayt: www.kotex.com.my
Veb-sayt: www.kleenex.com.my
Tayland
Kimberly-Clark Thailand Limited
32nd-33rd Floor, United Centre
323 Silom Road
Bangrak
Bangkok
10500
Tayland
Telefon: 66-2-230-3000
Faks: +662-230-3039
Jismoniy shaxs
huquqlari portali
Singapur
Kimberly-Clark Singapore Pte. Ltd.
83 Clemenceau Avenue
#14-05 UE Square
Singapore 239920
Kleenex® / Scott® Singapore
Telefon: 1800 338 8838
E-pochta: [email protected]
Huggies® Singapore
Telefon: 1800 484 4437
E-pochta: [email protected]
www.huggies.com.sg
Kotex® Singapore
Telefon: 1800 479 9841
E-pochta: [email protected]
www.kotex.com.sg
Poise® Singapore / Depend® Singapore
Telefon: 1800 479 9841
E-pochta: [email protected]
www.poise.com.sg/www.depend.com.sg
Siz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash, ulardan foydalanish, ularni oshkor qilish va qayta ishlashni davom ettirishimizga roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shunday qilsangiz, biz shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan maqsadlarni, jumladan, sizga mahsulot va/yoki xizmatlarni taqdim etishni amalga oshira olmasligimiz mumkin.
Agar siz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Ozarbayjonda yashasangiz, tartib-qoidalarimizning ushbu qismi sizga nisbatan qo‘llanadi.
Mamlakatingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlar odatda o‘sha yerda saqlanadi. Biroq ba’zi shaxsiy ma’lumotlaringiz mamlakatingiz qonunlariga muvofiq, Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi boshqa mamlakat/mintaqaga o‘tkazilishi yoki ulardan boshqa mamlakat/mintaqada foydalanilishi mumkin. Agar biz shunday qilsak, shaxsiy ma’lumotlaringizni mamlakatingiz qonunlariga ko‘ra himoya qilishni davom ettiramiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin. Biroq siz shaxsiy ma‘lumotlaringizni taqdim etmaslikka qaror qilsangiz, xizmatlarning to‘liq ko‘lamidan foydalana olmasligingiz mumkin.
Agar siz ma‘lumotingizni taqdim qilsangiz, biz ularni mamlakatingiz qonunlariga muvofiq saqlaymiz va odatda ularni to‘plashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida, shuningdek, biznes, soliq yoki yuridik maqsadlarda, jumladan, ushbu tartib qoidalarda tavsiflangan qonuniy asoslarga ko‘ra saqlaymiz. Shundan so‘ng biz ularni yo‘q qilamiz yoki to‘liq anonimlashtiramiz.
Ushbu tartib-qoidalarda tavsiflanganidek, ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida ma’lumot so‘rashingiz hamda biz siz haqingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish, ularni tuzatish va o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Siz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga (jumladan, avtomatlashtirilgan qarorlar) roziligingizni qaytarib olish, shikoyat yuborish va hisobingizni oʻchirish huquqiga ham ega boʻlishingiz mumkin. Agar roziligingizdan voz kechsangiz, biz sizga barcha xizmatlarimizni taqdim etishda davom ettira olmasligimiz mumkin.
Agar siz Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston yoki Ozarbayjonda istiqomat qilsangiz, shaxsiy maʼlumotlarga kirish, ularni tuzatish va oʻchirish, shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga eʼtiroz bildirish va roziligingizni qaytarib olish kabi huquqlarga ega boʻlishingiz mumkin. Biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘laning:
Qozog‘iston:
"Kimberly-Clark Qozog'iston" MChJ,
Qozog‘iston Respublikasi,
Olmaota, Medeu tumani, 050059, Nursulton Nazarboyev shoh ko‘chasi, 240 G.
Ishonch telefoni: 8 800 070 89 10
E-pochta: [email protected], [email protected]
O‘zbekiston:
"Kimberly-Clark" MChJ
Rossiya,
142800, Moskva viloyati, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected], [email protected]
Qirg‘iziston:
"Kimberly-Clark" MChJ
Rossiya,
142800, Moskva viloyati, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected], [email protected]
Ozarbayjon:
"Kimberly-Clark" MChJ
Rossiya,
142800, Moskva viloyati, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected], [email protected]
Agar siz Keniyada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma‘lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
KCSSA East Africa
Cove Court,
Watermark Business Park,
Ndege Road, Karen,
Nairobi
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 203 892 283
E-pochta: [email protected]
Agar siz Marokashda istiqomat qilsangiz, saytimizda ro‘yxatdan o‘tish va ma’lum xizmatlarimizdan to‘liq foydalanish uchun sizdan ma’lum ma’lumotlarni bizga taqdim etishingiz talab qilinishi mumkin. Agar siz Marokashda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma‘lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun ushbu tartib-qoidalarning “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limi orqali biz bilan bog‘laning.
Agar siz hali ham norozi bo‘lsangiz, Marokash ma’lumotlarini himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda Kimberly-Clark bilan muhokama qilinishi kerak.
Agar siz Yangi Zelandiyada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularni tuzatish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Australia Pty. Ltd.
P. O. Box 343
Milsons Point,
NSW
1565
Avstraliya
Telefon: 1800 028 334
Telefon: 61-2-9963-8888
Faks: 61-2-9957-5687
Veb-sayt: http://www.kca.com.au/
Ushbu Siyosatga muvofiq, biz sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish Milliy Agentligi (“NITDA”) tomonidan muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan uchinchi mamlakatlarga oʻtkazishimiz mumkin, ammo biz bunday mamlakatlarga uzatilgan har qanday maʼlumotni himoya qilish uchun amaldagi ma'lumotlarni himoya qilish qonunchiligiga muvofiq bunday shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun majburiy ichki kelishuvlarga kirish kabi choralarini koʻramiz.
Xususan, siz istalgan vaqtda quyidagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin:
Siz shaxsiy huquqdan quyidagi manzilda foydalanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark of South Africa (Pty)
Limited
Private Bag X6 GardenView
Johannesburg
2000
South Africa
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 122 78791
Agar biror savolingiz bo‘lsa, [email protected] manzili orqali Nigeriyadagi ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha xodimimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz Peruda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Peru S.R.L.
Av. Del Pinar 180 oficina 505 Urb.
Chacarilla del Estanque-Surco
Peru
Telefon: 511-618-1800
E-pochta: [email protected]
Agar siz Rossiyada yashasangiz, tegishli maxfiylik siyosatini mana bu yerdan toping.
Agar siz Janubiy Afrikada istiqomat qilsangiz, yuqoridagi ma’lumotlarga muvofiq, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni Qo‘shma Shtatlar kabi uchinchi mamlakatlarga o‘tkazishimiz mumkin. Garchi ushbu uchinchi mamlakatlarda qonunchilik bilan kafolatlangan himoya darajasi unchalik keng qamrovli bo‘lmasa-da, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni, xuddi ular Janubiy Afrika hududida mavjud bo‘lganidek, himoya qilish choralarini ko‘ramiz.
Sizga xizmatlarimizni taqdim etishimiz uchun shaxsiy ma’lumotlarni talab qilsak, bizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik bunday xizmatlarni taqdim eta olmasligimizga olib kelishi mumkin. Agar siz Janubiy Afrikada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni talab qilishingiz mumkin va ulardan foydalanishni davom ettirishga qonuniy huquq bo‘lmagan yoki ulardan bevosita marketing uchun foydalaniladigan hollarda ma’lum shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni roziligingiz bilan to‘plagan va qayta ishlagan bo‘lsak, siz xohlagan vaqtda roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Roziligingizni qaytarib olish biz bunday qaytarib olishdan oldin amalga oshirgan qayta ishlashning qonuniyligiga ta’sir qilmaydi va rozilikdan tashqari qonuniy asosga tayangan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga ta’sir qilmaydi. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun biz bilan [email protected] manzili orqali Janubiy Afrikadagi axborot bo‘yicha xodimimiz bilan bog‘laning yoki:
Kimberly-Clark of South Africa (Pty)
Limited
Private Bag X6 Gardenview
Johannesburg
2000
South Africa
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 0800 11 57 11
Agar siz hali ham qoniqmagan bo‘lsangiz, ma’lumotlar regulyatoriga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda biz bilan muhokama qilinishi kerak. Ma’lumotlar regulyatorlari’ning kontakt ma’lumotlari quyidagicha
Ma’lumotlar regulyatori (Janubiy Afrika)
JD House, 27 Stiemens Street, Braamfontein, Johannesburg, 2001
P.O. Box 31533, Braamfontein, Johannesburg, 2017
Veb-sayt: https://www.inforegulator.org.za/
E-pochta: [email protected]
Agar siz Janubiy Koreyada istiqomat qilsangiz, bizga ma’lumot taqdim etish yoki taqdim etishni tanlash huquqiga egasiz va biz to‘plash joyida sizga bunday tanlov haqida xabar berishimiz mumkin.
Agar siz Tayvanda istiqomat qilsangiz va biz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlasak, siz quyidagi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
Biz shaxsiy ma’lumotlarni faqat xizmat ko‘rsatish yoki qonunlarga muvofiqlik uchun zarur bo‘lganda saqlaymiz va ba’zi hollarda xizmatlarimizni ko‘rsatish uchun ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz talab qilinishi mumkin. Biz shaxsiy ma’lumotlarni huquq va manfaatlaringizni buzmaydigan tarzda qayta ishlaymiz.
Biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Taiwan
8-9 F, Manhattan Tower
No. 8, Section 5, Hsin Yi Road
Teipei
110
Tayvan
Telefon: 8862-77372888
Agar siz Trinidad va Tobagoda istiqomat qilsangiz, quyidagi ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga egasiz:
O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Puerto Rico & Caribbean Operations
P. O. Box 191859
San-Xuan
00919-1859
Puerto-Riko
Telefon: 787-785-3625
Faks: 787-740-2025
Agar siz Turkiyada istiqomat qilsangiz, siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish va o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Agar shunday qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Turkey
Kimberly-Clark Tuketim Mallari San.
ve Tic. A.S.
Yayalar Mah. Tandogan Cad. No. 3
Dolayoba-Pendik
Istanbul
Turkiya
Telefon: 90-216-410-8182
Faks: 90-216-410-8192
Agar siz Urugvayda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Uruguay S.A.
Camino Carrasco 5975, Montevideo
Urugvay
Telefon: (598-2) 2525 0105 / 0004-054-281
E-pochta: [email protected]
Agar siz Ukrainada istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish va o‘chirish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirish va rozilikni qaytarib olish kabi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Huquqlaringizni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Ukraine
Kiev Office
Shovkovichnaya 42-44
Kiev
01004
Ukraina
Telefon: 380-44-490-5810
Agar siz Vyetnamda istiqomat qilsangiz, bizda o‘zingiz haqingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish, yangilash yoki o‘chirish huquqiga egasiz. Shuningdek, shuni bilingki, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni Qo’shma Shtatlar kabi uchinchi mamlakatlarda qayta ishlashimiz mumkin. Siz quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Vietnam Ltd.
10th floor, Centre Point building,
106 Nguyen Van Troi, ward 8, Phu
Nhuan district, Ho Chi Minh City,
Vyetnam
Telefon: +84839979639
Faks: 848-829-6950
Agar maxfiyligingiz haqida savollaringiz bo‘lsa yoki maxfiylik huquqi, yoki tanlovidan foydalanishni istasangiz, biz siz bilan istaymiz. Biz 175 dan ortiq mamlakatda mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni sotamiz. Sizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun mana bu yerdan yordam uchun mahalliy jamoalarimizga murojaat qiling. Ushbu sahifadan mamlakatingiz/mintaqangizni tanlang va “taqdim etish” tugmasini bosing.
Shuningdek, Global maxfiylik boʻyicha yetakchi xodimimizga quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
[email protected]
1-888-525-8373
Kimberly-Clark Corporation
P.O. Box 2020
Neenah, WI 54957-2020
Biz bilan bog‘lanish uchun vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.